O‘z qizini zo‘rlagan ota 12 yilga qamaldi

O‘z qizini zo‘rlagan ota 12 yilga qamaldi
  • 3
  • 28.07.2025 16:08:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda bir erkak o‘z qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi rahbari o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qizaloq buni hech kimga aytmagan. Biroq ijtimoiy xodim tashabbusi bilan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik vaqtida zo‘ravonlik fosh bo‘lgan va tergov ishlari boshlangan. Sud erkakka nisbatan 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Hozirda qizaloq onasining qaroviga o‘tkazilgan bo‘lib, unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News