Halokatli tryuk

  • 0
  • 30.04.2025 12:32:00
  • 1 daq o'qish

28-aprel kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Istiqlol ko‘chasida BMW rusumli mototsikl halokatga uchradi. 22 yoshli mototsiklchi harakat vaqtida tryuk qilmoqchi bo‘lib, boshqaruvni yo‘qotgan va 19 yoshli yo‘lovchisi bilan yiqilgan. Ikkalasi ham tan jarohati olgan. Holat yuzasidan surishtiruv boshlandi. YHXBB haydovchilarni qoidalarni buzmaslikka chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News