- 0
- 26.04.2025 15:23:00
- 1 daq o'qish
Vatikanda Rim Papasi Fransisk bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning ko‘plab yetakchilari xususan, AQSH Prezidenti Donald Tramp, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer shahzoda Uilyam hamrohligida va Iordaniya qiroli Abdulla II ham Avliyo Pyotr maydonida 200 mingga yaqin inson bilan birga Rim papasi Fransiskning dafn marosimida ishtirok etdi. Papa Fransisk vasiyatiga ko‘ra, Santa-Mariya-Madjore bazilikasida dafn etiladi.
Papa Fransisk 2013-yildan beri Katolik cherkoviga rahbarlik qilib, 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etdi.