FAO Shavkat Mirziyoyevga Agricola medalini topshirdi

FAO Shavkat Mirziyoyevga Agricola medalini topshirdi
  • 9
  • 06.10.2026 17:36:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyevga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning oliy mukofoti — Agricola medali topshirildi.
Mukofotni 6-oktabr kuni FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy O‘zbekistondagi uchrashuv vaqtida topshirdi. Medal davlat rahbarining oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hamda yutuqlari e’tirofi sifatida berilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va iqlim moliyasini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Agricola medali FAO tomonidan 1977-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ochlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shgan atoqli arboblarga beriladi.
O‘zbekiston 2028–2029-yillar uchun ilk bor FAO Kengashi tarkibiga saylangan. 7-oktabr kuni Toshkentda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun Agroinnovatsiyalar xabini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News