Falafel

Falafel
  • 5
  • 08.03.2023 14:44:00
  • 2 daq o'qish

🧄 Kerakli masalliqlar:

1,5 stakan no‘xat
1 ta piyoz
3 dona sarimsoq bo‘lagi
1 bog‘ ko‘kat
1 dona bulg‘or qalampir
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq zira
½ choy qoshiq qalampir
2 osh qoshiq un
5 osh qoshiq zaytun yog‘i (pishirish uchun)

🍋Tahin sousi uchun
1 choy qoshiq tahin
½ choy qoshiq issiq suv
3 osh qoshiq limon suvi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir

👨🏻‍🍳 Tayyorlanishi:

- Masalliqlarni yaxshilab yuvib to‘g‘rab olamiz.
- So‘ngra ivitilgan no‘xat, piyoz, ko‘kat va bulg‘or qalampirini chopper yordamida maydalab olamiz..
-Aralashmani idishga olib, oz-ozdan un qo‘shib yaxshilab aralashtirib yong‘oq shaklga keltirib olamiz va muzlatgichda kamida 20 daqiqaga qo‘yamiz.
- Duxovkani 180 gradus darajada isitishga yoqib qo‘yamiz. Duxovkani bir listiga pergament qog‘ozni to‘shab, cho‘tka bilan yog‘lang.
- Tayyorlangan yong‘oq kattaligidagi bo‘laklarni olib, listga terib zaytun yog‘ini suring.
- Falafellarni oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying. Dastlabki 15 daqiqadan keyin, falafellarni ag‘daramiz va qizarguncha yana 10 daqiqaga qoldiramiz.

🌶 Tahin sousi
- Asta-sekin issiq suv qo’shib tahinni ezib oling.
- Kerakli ko‘rinish hosil bo‘lgach, limon suvi, tuz qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Mayadalangan qizil qalampir seping va dasturxonga tortishingiz mumkin.
🍽 Dasturxonga marhamat
Pechdan chiqqan falafellarni issiq, iliq yoki sovuq xolda tanavvul qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha 🤤

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News