
- 0
- 07.07.2026 12:01:00
- 1 daq o'qish
2024-yilda Rossiyaning Krasnodar shahrida yashovchi ayol o‘zini turkiyalik mashhur aktyor Kerem Bursin deb tanishtirgan firibgarning tuzog‘iga tushib, 460 mln so‘mga yaqin mablag‘idan ayrilgan.
Nigeriya fuqarosi ayol bilan messenjer orqali tanishib, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan foto va videolar orqali ayolning ishonchiga kirgan.
Shundan so‘ng xavfsizlik, maxfiylik va migratsiya masalalarini hal qilish bahonasida ayoldan 3 million rubldan ortiq (taxminan 460 mln so‘m) pul olgan.
Firibgarlik fosh etilgach, sud Nigeriya fuqarosini 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.