Fabrisio Romano: “Manchester Siti” va Abduqodir Husanov o‘rtasidagi kelishuv o‘tgan haftadan beri davom etmoqda va muzokaralar olg‘a siljishi kuzatilmoqda.

Fabrisio Romano: “Manchester Siti” va Abduqodir Husanov o‘rtasidagi kelishuv o‘tgan haftadan beri davom etmoqda va muzokaralar olg‘a siljishi kuzatilmoqda.
  • 4
  • 09.01.2025 09:47:00
  • 1 daq o'qish

“Man Siti” “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov uchun 30 million funt to‘lamoqchi. Fransuz klubi esa oldin ham xabar qilganimizdek, 40 million yevro talab qilmoqda. Klublar qolgan 10 millionlik summani yana o‘zaro kelishib olmoqchi. Bundan tashqari ayrim manbaalar, shu jumladan Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra Abduqodir Husanovni “Manchester Siti” klubi 36 million yevroga sotib olishga yaqin turibdi. Ma’lumot uchun, 2023-yil yozida “Lans” Husanovni Belarusning “Energetik” klubidan 100 ming yevroga sotib olgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News