Express24 ilk bor O‘zbekistonda «Dark Kitchen» oshxonalarini ochdi

Express24 ilk bor O‘zbekistonda «Dark Kitchen» oshxonalarini ochdi
  • 2
  • 12.05.2023 15:36:00
  • 1 daq o'qish

Express24 xizmati ilk bor O‘zbekistonda «Dark Kitchen» oshxonalarini mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ochdi.

Ushbu oshxonalar taomlarni faqat yetkazib berish uchun tayyorlashga mo‘ljallangan. Express24 yetkazib berish xizmati hamkor restoranlarga taomlarni bir joyda tayyorlash va darhol kurerlarga topshirish uchun alohida oshxonalar takdim etadi. Shu yo‘l bilan yetkazib berish vaqti ancha qisqartiriladi. Shuningdek, «Dark Kitchen» loyihasi orkali hamkor muassasalarda taomlarni yetkazish imkoniyatini kengaytirish va xarajatlarni minimallashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Xozirgi kunda Dark Kitchen oshxonalari «Zarafshon» savdo markazi binosida joylashgan. Ushbu xizmat doirasida «Moskovskaya pitssa» birinchilardan bo‘lib yangi tartibda ishlashni boshladi. «Osh Markazi», «Testo» va «Shef Burger» oy oxiriga kelib loyihaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Yangi tartibda olib boriladigan faoliyat restoran va kafelarga yetkazish narxini pasaytirish orqali buyurtmalar sonini oshirishda yordam beradi. Shuningdek, Express24 yangi mijozlarni jalb qilishda ham ko‘mak ko‘rsatadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News