2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
  • 6
  • 24.01.2023 14:21:00
  • 1 daq o'qish

2022 yilning yanvar-dekabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 1 134,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 730,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 18,5 foiz ko‘p demakdir.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan uzum (mayizni qo‘shgan holda 24,7 foiz), mosh (8,2 foiz), shaftoli (6,0 foiz), pomidor (5,1 foiz), xurmo (4,6 foiz), piyoz (3,7 foiz), karam (3,5 foiz), qovun va tarvuz (3,3 foiz) eng katta ulushga ega.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 5,9 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari Rossiya (42,5 foiz), Qozog‘iston (18,9 foiz), Xitoy (9,1 foiz), Pokiston (8,8 foiz), Qirg‘iziston (3,7 foiz), Afg‘oniston (2,7 foiz) Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,7 foiz), Ozarbayjon (1,2 foiz), Eron (1,2 foiz) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Manbaa: Uz Daily

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News