
- 1
- 25.05.2026 17:17:00
- 1 daq o'qish
24-may kuni Pokistonning Balujiston provinsiyasida, Kvetta shahri yaqinidagi temiryo‘l hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi jarohat olgan. Portlashdan poyezd qisman shikastlangan, yaqin atrofdagi avtomobillar va binolar oynalari ham zarar ko‘rgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdda harbiylar bo‘lgan va u harbiy bazaga yo‘l olgan. Yolg‘iz harakat qilgan terrorchi esa portlovchi moddalar ortilgan avtomobil bilan poyezdga borib urilgan. Portlashdan so‘ng Kvetta shahridagi shifoxonalarda favqulodda holat e’lon qilindi, poyezd harakati vaqtincha to‘xtatildi. Tergov ishlari boshlangan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirib, qurbonlar yaqinlariga ta’ziya yo‘lladi.