
- 0
- 10.07.2025 13:14:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Toshkentdagi ToshMI chorrahasida suv quvuri portlab ketgani haqida xabar bergandik. Bu Veolia Energy Tashkent tomonidan 2025–2026 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan sinov vaqtida yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Ushbu issiqlik tarmog‘i uchastkasi 1989-yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan. Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi do‘konlarga zarar yetgan, oynalar singan. 3 nafar fuqaro yengil tan jarohatlangan. Issiq suv ta’minoti to‘xtamagan, quvur zudlik bilan lokallashtirilgan.
Shuningdek, barcha zarar Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplab berilishi ma’lum qilindi.