
- 0
- 06.08.2025 09:22:00
- 1 daq o'qish
5-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanidagi “Oltindala” mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, hodisa propan gaz quyish vaqtida chaqnash natijasida yuzaga kelgan.
Yong‘in oqibatida 1 ta avtosisterna va 10 kubli propan saqlash rezervuari yonib ketdi. Avtosisterna haydovchisi yengil kuyish jarohatini oldi. Yong‘in soat 22:50 da bartaraf etilgan.
So‘nggi 20 kun ichida bu tuman hududida kuzatilayotgan ikkinchi portlash bo‘lib, 16-iyuldagi avvalgi hodisada 4 kishi halok bo‘lgan edi.