
- 3
- 22.06.2026 12:42:00
- 1 daq o'qish
Qatarning Ras Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash zavodida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 54 kishi jarohatlandi, 18 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Ma’lum qilinishicha, portlash 21-iyun kuni tunda zavodni ishga tushirish jarayonida sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan. Favqulodda xizmatlar hodisa joyiga jalb etilib, yong‘in nazorat ostiga olingan.
Hozirda qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa texnik avariya sabab yuz bergan.
Ma’lumot uchun, Ras Laffan majmuasi dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) ishlab chiqarish va eksport markazlaridan biri hisoblanadi.