Xitoyda kimyoviy zavodda portlash yuz berdi

  • 0
  • 29.05.2025 12:04:00
  • 1 daq o'qish

 

27-may kuni Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Gaomi shahrida joylashgan Shandong Youdao Chemical zavodida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida ulkan olovli shar va tutun ustunlari paydo bo‘ldi, ko‘plab uylarning derazalari singan. Zavod xlorpirifos pestitsidini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik korxona hisoblanadi. Jabrlanganlarning aniq soni va portlash sababi hozircha noma’lum. Rasmiylar tomonidan qutqaruv va tibbiy yordam choralari ko‘rilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News