
- 0
- 25.05.2026 16:52:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida gaz portlashi yuz berdi. Oqibatda kamida 90 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 22-may kuni “Lyushenyuy” ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Portlash vaqtida yer ostida 247 nafar ishchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 201 kishini shaxtadan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir ham qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Xitoy rahbari Si Szinpin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, qolgan ishchilarni qutqarish va hodisa sabablarini tezkor tergov qilishni buyurgan. Shansi provinsiyasi Xitoyning yirik ko‘mir qazib olish hududi bo‘lib, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tez-tez kuzatiladi.