Qimmatga tushgan prank

Qimmatga tushgan prank
  • 3
  • 20.03.2025 14:31:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda niqob kiygan ikki noma’lum shaxs Mercedes-Benz “Gelendvagen”ning old oynasini sindirib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bloger er-xotin atay o‘zlari ushbu tomoshani uyushtirgan va buni tasvirga olib Instagram’ga joylashgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan va odamlar buni uyushtirilganini bilmasdan haqiqat deb o‘ylashgan. Shu tariqa bu video huquq-tartibot idoralari xodimlarining qiziqishini uyg‘otdi va “hazilkashlar” qilmishlari uchun uzr so‘rashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News