- 0
- 16.05.2025 11:07:00
- 1 daq o'qish
Buxoroda ekskavator 64 yoshli ayolni bosib ketdi. Hodisa 15-may kuni Buxoro shahar markaziy bozori oldida sodir bo‘lgan. Ekskavator haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan ayolni ko‘rmay qolib, uni bosib ketgan. Natijada, ayol voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.