
- 0
- 07.07.2025 10:48:00
- 1 daq o'qish
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 5,18 mln o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega, bu iqtisodiy faol aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan 1,4 mln nafari ikki va undan ortiq kredit olgan. 2020-yildan beri uch va undan ortiq kreditga ega bo‘lgan qarzdorlar ulushi 5%dan 11%ga oshgan.
Shuningdek, 2-iyuldan boshlab Markaziy bank kredit turlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshladi. 1-iyul holatiga avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka — 24,1%, mikroqarzlar bo‘yicha — 34,9%.
Eng arzon avtokreditlar: Ipoteka-bank (21,1%), eng qimmati: Hamkorbank (29%).
Eng past mikroqarz: Aloqabank (21,4%), eng yuqorisi: Apexbank (40%).
Regulyator bunga sabab sifatida shaffoflikni oshirish va mijozlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘rsatgan.