YeI yadroviy kelishuv buzilgani tufayli Eron uchun sanksiyalar muddatini uzaytirdi

YeI yadroviy kelishuv buzilgani tufayli Eron uchun sanksiyalar muddatini uzaytirdi
  • 3
  • 19.10.2023 08:27:00
  • 1 daq o'qish

Yevropa Ittifoqi yadroviy kelishuvni buzgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga qaror qildi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (IRGC) qarshi sanksiyalar hamda qurol va raketalarni sotishga qo‘yilgan taqiq ham uzaytirilmoqda. 

Sanksiyalarning uzaytirilishi Yevropa Ittifoqi Eronning yadroviy va raketa dasturlariga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarini jazolashda davom etishini anglatadi.

Yevropa Ittifoqi bayonotida qayd etilishicha, bu qaror Tehronning 7-oktyabr kuni Isroilga hujum qilgan Yevropa Ittifoqi tomonidan  terrorchi guruh deya tan olingan HAMASni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq emas.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News