
- 2
- 24.10.2023 09:08:00
- 1 daq o'qish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zoligi to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.
Dastlab, kurd faollarining Shvetsiyada boshpana topganidan Anqara noroziligi tufayli Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi kechiktirilgan edi.
Bu haqda, Turkiya prezidenti ma'muriyati xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti ma'muriyatining ijtimoiy tarmoqlardagi aloqa boshqarmasi sahifasida e’lon qilingan xabarda aytilishicha: “2023-yil 23-oktyabrda Shvetsiyaning NATOga a’zoligi to‘g‘risidagi protokol prezident Rajap Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan va Turkiya Buyuk milliy Majlisi muhokamasiga topshirilgan”.