Erdo‘g‘anning BMTdagi nutqi chog‘ida mikrofon o‘chirildi

Erdo‘g‘anning BMTdagi nutqi chog‘ida mikrofon o‘chirildi
  • 0
  • 23.09.2025 13:06:00
  • 1 daq o'qish

BMT Bosh Assambleyasining Falastin bo‘yicha sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning nutqi davomida mikrofon ovozi o‘chirildi. Prezidentning oxirgi bir yarim daqiqalik chiqishi eshitilmadi. Bu hodisa Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb atab, o‘t ochishni to‘xtatish, G‘azoga gumanitar yordamni to‘sqinliksiz kiritish va Isroil kuchlarini olib chiqish zarurligini aytayotgan paytda yuz berdi. Turkiya Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi mikrofonning o‘chirilishini odatiy besh daqiqalik vaqt cheklovi bilan izohlab, boshqa sabab bo‘lmaganini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News