
- 7
- 03.11.2023 17:16:00
- 1 daq o'qish
Tengrinews xabar berishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobilini sovg‘a qildi.
“Hurmat belgisi sifatida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on davlatimiz rahbariga Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobilini sovg‘a qildi. Turkiya rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yangi elektromobilni shaxsan o‘zi ko‘rsatdi”, — deb yozgan Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.
To‘qayev o‘z hamkasbini elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani bilan minnatdorlik bildirib, tabriklagan.
Ma’lumot uchun, Turkiya prezidenti O‘zbekiston prezidentiga ham Togg elektromobilidan sovg‘a qilgandi, Erdo‘g‘onning o‘zi ham shunday mashinaga ega.