
- 6
- 18.09.2023 08:59:00
- 1 daq o'qish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Nyu-Yorkda amerikalik tadbirkor Ilon Mask bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Erdo‘g‘on milliarderni Turkiyada Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi yettinchi zavod ochishga chaqirgan. Bundan tashqari, davlat rahbari Turkiya kosmik dasturi doirasida SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tgan.
Shuningdek, Erdo‘g‘on amerikalik tadbirkorni sentyabr oyi oxirida Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadigan texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilgan.
Manba: Xabar.uz