Zidanning o‘g‘li Entso 29 yoshida faoliyatini yakunladi😢

Zidanning o‘g‘li Entso 29 yoshida faoliyatini yakunladi😢
  • 7
  • 26.09.2024 09:10:00
  • 1 daq o'qish

Entso Zidan 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Zinedin Zidanning to‘ng‘ich o‘g‘li endi bor e’tiborini oila va sarmoyaga qaratishga qaror qilgan.  Bu haqida Diario As (https://x.com/diarioas) sayti xabar bergan, ammo futbolchi o‘zi bu haqida hech nima demagan. 

Entso otasi o‘ynagan va murabbiylik qilgan “Real Madrid” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Alaves”, “Almeriya” va boshqa klublarda ham o‘ynagan. Futbolchining so‘nggi jamoasi Ispaniya uchinchi divizionining “Fuenlabrada” jamoasi edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News