
- 9
- 24.03.2023 17:19:00
- 1 daq o'qish
Kerakli masalliqlar:
- 7 osh qoshiq tabiiy yogurt
- 4-5 dona qulupnay
- 1 dona banan
- 1 dona kivi
Bezatish uchun
- 1 hovuch qulupnay
- 1 hovuch banan
- 1 dona kivi
- 2 osh qoshiq suli yormasi
MEVALI YOGURT TAYYORLANISHI
Idishga tabiiy yogurt solib koʻpirtiring.
Kivi, banan va qulupnayni ta’bga koʻra toʻgrab soling.
Keyin yogurt bilan mevalarni aralashtiring.
Keyin asalni solib takror aralashtiring. Aralashmani kosalarga soling.
Yogurtga suli yormasi, meva kabi mahsulotlarni solib bezatishingiz mumkin. Retseptingiz dasturxonga tortishga tayyor. Yoqimli ishtaha.