B2 sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin

B2 sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin
  • 0
  • 29.07.2026 16:03:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda B2 darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etilmoqda. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ishlayotgan, belgilangan B2 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilinishi mumkin.
Hozirda mazkur loyiha 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida. Qaror hali qabul qilinmagan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikatini olish uchun 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar muddat berilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News