- 0
- 13.05.2025 15:28:00
- 1 daq o'qish
Ilon Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida Tesla kompaniyasining insonsimon roboti — Optimusning raqsga tushayotgan videosini e’lon qildi. U 2021-yilda konsept taqdimotida sahnaga aktyor kostyumda chiqqanini eslatib, hozirgi holatni “kostyumdagi aktyordan haqiqatga aylangan texnologiya” deb baholadi.
Maskning aytishicha, Tesla 2025-yil oxirigacha 5000 ta Optimus robotini ishlab chiqishni rejalashtirgan va ularni kompaniyaning eng qimmatli aktiviga aylantirmoqchi.