
- 0
- 14.08.2025 08:29:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro Astronavtika Kongressi (International Astronautical Congress — IAC) 2028-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari tadbirni o‘tkazish imkoniyatlarini tekshirish uchun Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger bilan uchrashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kongressga Ilon Mask tashrifi ham kutilmoqda. Chunki, u shu vaqtgacha o‘tkazilgan mazkur anjumanlarga maxsus vakil sifatida qatnashib kelgan. Shuningdek, IAC har yili dunyodan 10 mingga yaqin kosmos sanoati yetakchilari va ilmiy tadqiqotchilarni jamlaydi.