- 3
- 06.02.2025 14:47:00
- 1 daq o'qish
Hindistonda yovvoyi fil Germaniyadan kelgan 77 yoshli sayyohga hujum qilib, o‘ldirdi. Sayyoh ogohlantirishlarga e’tibor bermay, mototsiklida jonivorning yonidan o‘tishga uringan. Ammo jonivor qo‘rqib ketib unga hujum qilgan va qoziq tishini sanchib olib, havoga uloqtirgan. Sayyoh zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, biroq bir necha soatdan keyin vafot etgan.