Toshkent aeroportida elektron talonlar joriy etiladi

Toshkent aeroportida elektron talonlar joriy etiladi
  • 5
  • 05.09.2024 16:30:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent xalqaro aeroportida joriy yil oxirigacha bortga chiqish elektron talonlarini joriy etish rejalashtirilgan. Yangi tizimda yo‘lovchilar telefondagi QR-kodni ko‘rsatgan holda pasport, bojxona va chegara nazorati punktlaridan o‘tish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari yil oxirigacha ikkita qo‘shimcha yuk karuseli olib kelinishi rejalashtirilgan, bu esa bagajni qabul qilish vaqtini 20%ga qisqartiradi. Shu tariqa aeroport terminalining yo‘lovchilarni o‘tkazish qobiliyati soatiga 1200 yo‘lovchidan 2400tagacha oshiriladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News