
- 7
- 12.04.2024 14:33:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda elektron sigaretalarni chekuvchi o‘smirlar va yoshlar salmog‘i katta yoshdagilarga nisbatan uch barobarga ko‘pligi va bu yildan yilga oshib borayotgani sababli, O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasini taqiqlanishi va ushbu mahsulotlarni taqiqlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanishi mumkin.
Tahlillarga ko‘ra, Maktab va jamoat joylarida o‘tkazilgan reydlarda o‘quvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan yilga tobora oshib bormoqda: 2019 yilda 6 ta holat, 2020 yilda - 27 ta, 2021 yilda - 31 ta, 2022 yilda - 856 ta, 2023 yilda – 1040 ta aniqlangan.
Shuningdek, 18-29 yoshdagi aholi orasida tamakini qizdirish tizimidan foydalanish darajasi (252 ming nafar) 30-69 yoshdagi aholiga (94,2 ming nafar) nisbatan 2,5 baravardan ko‘p.