
- 28
- 15.01.2025 08:43:00
- 1 daq o'qish
Hamyurtimiz “Romani” tark etish arafasida. Hujumchi bu mavsumda ham jamoada muhim rol o‘ynay olmadi, shuning uchun A Seriya ikkinchi davrasini boshqa jamoada o‘tkazishi kutilmoqda.
Corriere della Sera nashriga ko‘ra, o‘yinchining oldida ikkita variant bor: “Empoli” va “Kalyari”. Ammo gazetaning taʼkidlashicha, Toskana jamoasi (Empoli) poygada oldinda va kelishuv tez orada amalga oshishi mumkin. “Roma” esa hujumchiga o‘rinbosar topish harakatida.