Eldor Shomurodovning goli eng chiroyli gollar qatoridan joy oldi

Eldor Shomurodovning goli eng chiroyli gollar qatoridan joy oldi
  • 1
  • 29.06.2026 15:39:00
  • 1 daq o'qish

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli 12 ta goli ro‘yxatini e’lon qildi. Nomzodlar orasidan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli ham joy oldi.
FIFA ushbu golni O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi debyutidagi eng yorqin lahzalardan biri sifatida e’tirof etdi. Tashkilot ta’rifiga ko‘ra, Shomurodov darvozabon ustidan mahorat bilan oshirib tepgan zarbasi bilan jamoasiga ilhom bag‘ishlagan.
Eng yaxshi gol uchun ovoz berishda Shomurodov bilan birga Lionel Messi, Kilian Mbappe, Vinisius Junior va boshqa taniqli futbolchilar ham nomzod sifatida qatnashmoqda. G‘olib FIFA rasmiy platformasida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News