O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqti ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqti ma’lum qilindi
  • 5
  • 20.06.2023 13:25:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistondagi jome masjidlarida 28 iyun Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi 2023-yil 28-iyun, chorshanba kuni ertalab soat 05:15 da o‘qiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

Andijon — 05:10;
Namangan — 05:10;
Farg‘ona — 05:10;
Toshkent viloyati — 05:20;
Sirdaryo — 05:25;
Jizzax — 05:30;
Samarqand — 05:35;
Navoiy — 05:40;
Qashqadaryo — 05:40;
Buxoro — 05:40;
Surxondaryo — 05:40;
Xorazm — 05:50;
Qoraqalpog‘iston — 05:50.
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Manba: Uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News