- 5
- 17.03.2025 09:00:00
- 1 daq o'qish
“Kabonga” laqabi bilan tanilgan misrlik Ashraf Mahrus 279 tonnalik poyezdni 10 metrga yaqin tortib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. U ro‘za tutgan holda bu natijaga erishdi va ikki yil avval o‘rnatgan 221 tonnalik poyezdni tortish bo‘yicha oldingi rekordini yangiladi. Bu uning ikki kun ichida o‘rnatgan uchinchi rekordi.
Kabonga, shuningdek, 30 soniyada 11 ta xom tuxumni chaqib yeyish va tishlari bilan 15,7 tonnalik yuk mashinasini tortish bo‘yicha ham rekordchi.