
- 7
- 01.11.2023 14:24:00
- 1 daq o'qish
G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti cheklangan evakuatsiya uchun ochildi. G‘azo sektori chegara politsiyasi 1-noyabr kuni ertalab HAMAS Avstriya, Avstraliya, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Finlyandiya, Chexiya va Yaponiya fuqarolariga G‘azo sektorini tark etishiga ruxsat berishini ma’lum qildi.
Uchinchi davlat fuqarolari ushbu nazorat punkti orqali sektorni tark etishi mumkin. Misr Rafah orqali 90 ga yaqin yaralangan falastinlik va 450 ga yaqin xorijlikni o‘tkazish niyatida. Misr tomonida tez yordam mashinalari sektorga kirishni boshlagan.