Pechda baqlajon

Pechda baqlajon
  • 8
  • 21.10.2023 10:35:00
  • 1 daq o'qish

Baqlajonni iste’mol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun, ushbu variantni sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz. Balki o‘shanda fikringizni o‘zgartirarsiz🥰

🍆Masalliqlar:

1-2 dona baqlajon;
Zaytun yog‘i;
Ta’bga ko‘ra tuz, qalampir va timyan;

🍅Pomidorli sous uchun:

1 ta pomidor;
2/1 rukkola;
2 osh qoshiq soya sousi;
5-6 qoshiq qatiq;
1 bo‘lak sarimsoq;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- Baqlajonlarni to‘g‘rab, zaytun yog‘i soling va ziravorlar seping. 
- Taxminan 190 gradusda 20-25 daqiqa davomida pishiring.
- Maydalangan pomidor, rukkola, ziravorlar, zaytun yog‘i va soya sousini qo‘shib, sous tayyorlang.
- Chuqurroq likopchaga qatiqni soling va ustidan, duxovkadan olgan baqlajonlarni terib chiqing, ustiga tayyorlagan pomidorli sousni quying. 
-Mazali taomimiz tayyor bo‘ldi.

Yoqimli ishtaha 😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News