- 9
- 29.11.2023 12:17:00
- 1 daq o'qish
🥟O‘zbek oshxonasining yana bir sevimli taomi bo‘lgan “Tuxum barak” retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Masalliqlar:
🍚Un 400 gr
🥚Tuxum 10 dona;
🧈O‘simlik yog‘i 10 osh qoshiq;
🥛Sut 10 osh qoshiq;
🍶Suv;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni tuzli suvga un solib, xamir qorishdan boshlaymiz.
10-15 daqiqaga tindirishga qo‘yamiz.
So‘ngra yupqaroq qilib yoyib videoda ko‘rsatilganidek kesib olamiz.
Idishga 10 ta tuxum, 10 qoshiq sut va 10 qoshiq o‘simlik yog‘i solib, aralashtiramiz.
Kesilgan xamirlarni bittadan olib, ikkita chetini yopishtirib chiqamiz.
Qozonga suv toʻldirib, olovga qoʻyamiz, suv qaynaganidan soʻng tuz solamiz.
So‘ngra tayyorlab olingan xamirlarni va tuxumli aralashmani qozon yoniga olib kelamiz.
Xamirlarni bittadan olib, ichiga 1-2 osh qoshiqdan tuxumli aralashma quyamiz.
Ochiq joyini yana yopishtririb chiqamiz.
Qaynayotga suvga solib, 7-9 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Yoqimli ishtaha😋