
- 5
- 06.11.2023 12:44:00
- 1 daq o'qish
Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida havoni ifloslantirayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning avtomobillari harakati butunlay taqiqlanishi mumkin. Mamlakat hududlarida bunday avtomobillarni aniqlaydigan maxsus “eko-postlar” tashkil etilishi kutilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida hukumatning “transport vositalarining havoga salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qilinadi.
Agar u qabul qilinsa, mamlakatda ichki ishlar vazirligi, transport vazirligi va ekologiya vazirligining benzin, dizel va gaz dvigatellari bo‘lgan g‘ildirakli transport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini nazorat qilish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari kuchga kiradi. Bu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan transport vositalariga ham tegishli. Unga ko‘ra:
2024 – yil 1-iyuldan boshlab-ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari foydalanadigan transport vositalari uchun majburiy tartibda;
2025 – yil 1-yanvardan boshlab-boshqa yuridik shaxslar foydalanadigan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda;
2025 – yil 1-iyuldan boshlab-barcha jismoniy shaxslar foydalanadigan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda. Atmosferaga zararli ta’siri emissiya me’yorlaridan oshadigan yuridik shaxslarning transport vositalari uchun kompensatsiya to‘lovlari qo‘llaniladi va 2025 yil 1 sentabrdan Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrdan Toshkent, Nukus va viloyat markazlari hududida emissiyasi normativlar bilan tasdiqlanmagan jismoniy shaxslarning transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.