- 3
- 17.06.2025 07:54:00
- 1 daq o'qish
Bugun barcha sevib iste'mol qiladigan muzqaymoqning bayrami ekan! 🍨 Shu munosabat bilan, yozning issiq kunlarida uyda oson va mazali muzqaymoq tayyorlash retseptini sizlarga taqdim etamiz😋
🥛Masalliqlar:
Qaymoq;
Vanilin;
Quyultirilgan sut;
Banan;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Qaymoq, vanilin va quyultirilgan sutni mikserda yaxshilab ko‘pirtiramiz va yumshoq krem holatiga kelguncha aralashtiramiz.
Bananni blenderda ezib, krem bilan aralashtiramiz.
Aralashmani muzlatgichga 2 soatga qo‘yamiz.
🔥 Sirli maslahat: Har 10 daqiqada aralashtirib tursangiz, muzqaymoq yanada silliq va mazali bo‘ladi!
😎Endi oshxonaga yuguring va bu lazzatli muzqaymoqni tayyorlab, oilangizni xursand qiling! 🥳 Natijani biz bilan baham ko‘ring – rasm yuboring yoki kommentda yozing! 📸
Yaqinlaringizga ulashishni ham unutmang😇