Afg‘onistonda zilzila: qurbonlar soni 600 dan oshdi

Afg‘onistonda zilzila: qurbonlar soni 600 dan oshdi
  • 1
  • 01.09.2025 12:17:00
  • 1 daq o'qish

 Afg‘oniston sharqida, Jalolobod shahri yaqinida 6,0 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Tolibon rasmiylari va xalqaro OAV ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 622 kishi halok bo‘lgan, 1 500 dan ortiq odam jarohatlangan.

AQSH Geologiya xizmati (USGS) xabariga ko‘ra, zilzila yakshanba kuni kechasi 5 km chuqurlikda qayd etilgan. Shundan keyin 4,5–5,2 magnitudali bir necha takroriy silkinishlar ham sodir bo‘ldi.
Mutaxassislar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytmoqda, chunki zilzila chekka tog‘li hududlarda katta vayronalarga sabab bo‘lgan. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News