Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 1 400 nafardan oshdi

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 1 400 nafardan oshdi
  • 0
  • 02.09.2025 15:26:00
  • 1 daq o'qish

Afg‘onistonning sharqiy Kunar viloyatida kechasi yuz bergan 6,0 magnitudali zilzila oqibatida 1 411 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolibon hukumati vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofatda 3 124 kishi jarohatlangan, 5 mingdan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan. Zilzilada qishloqlar vayron bo‘lgan va ko‘plab fuqarolar vayronalar ostida qolgan.
Qutqaruvchilar tog‘li hududdagi og‘ir sharoit sababli yordamlashishda qiyinchilikka duch kelmoqda. 

Afg‘onistonga Britaniya, Xitoy va Hindiston allaqachon yordam yuborishini ma’lum qildi. Hindiston 1 000 ta chodir yetkazib berdi va 15 tonna oziq-ovqatni Kunar viloyatiga yubormoqda. AQSH hamdardlik bildirgan bo‘lsa-da, amaliy yordam ko‘rsatish masalasida hozircha izoh bermagan. BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha vakili Kayt Keri yo‘llarning ko‘plab joylarda yopiqligini aytib, qutqaruv ishlarini yanada qiyinlashtirayotganini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News