- 5
- 10.04.2025 10:02:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 9–10-aprel kunlari Toshkent shahri raqamli iqtisodiyot yuragiga aylandi. Mintaqaning eng yirik e-commerce voqeasi — E-commerce Central Asia Expo 2025 bugun eng innovatsion kompaniyalarni birlashtirmoqda.
Raqamli marketing va telekom yechimlarini foydalanuvchi tajribasiga asoslanib, bizneslarning rivojlanishiga yordam berishni maqsad qilgan Mobi X kompaniyasi ham ushbu tadbirda ishtirok etmoqda.
“Bugun bu yerda bo‘lish orqali biz yangi hamkorliklar, yangi ilhom va mintaqaviy taraqqiyot uchun mustahkam poydevor yaratmoqdamiz”, deydi Mobi X rahbari Odilbek Umarov.