📱  Durov yiliga 1 mln dollar to‘lanadigan vakansiyani e’lon qildi

📱  Durov yiliga 1 mln dollar to‘lanadigan vakansiyani e’lon qildi
  • 0
  • 24.06.2025 13:42:00
  • 1 daq o'qish

 

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida messenjer uchun yangi dasturchi izlayotgani haqida e’lon qildi. U taklif qilayotgan yillik maosh — 1 million AQSh dollari.

Lavozimga faqat 2025-yil 11-iyulgacha davom etadigan kod yozish tanlovida g‘olib chiqqanlar ariza topshira oladi. Tanlov ishtirokchilariga tezkor, samarali va xavfsiz kod yozish bo‘yicha murakkab vazifalar beriladi. Telegram bu tanlov uchun maxsus sahifa ham ochgan.

Ayni paytda messenjer dunyo bo‘yicha 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega va kompaniya tezlik hamda xavfsizlikni yanada kuchaytirish ustida ishlamoqda. Durov bundan oldin ham shunday tanlov orqali eng yaxshi mutaxassislarni tanlab olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News