Oktabr oyidagi ikki hafta ichida ham Quyosh, ham Oy tutiladi

Oktabr oyidagi ikki hafta ichida ham Quyosh, ham Oy tutiladi
  • 6
  • 27.09.2023 16:58:00
  • 1 daq o'qish

14 va 28-oktabr kunlari Quyoshning halqasimon va Oyning qisman tutilishi kutilmoqda

14-oktabr kuni Quyosh tutilishi hodisasi yuz beradi. Turli fazalardagi tutilish Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Tinch va Atlantika okeanlarida kuzatiladi. 

Oy tutilishi 28-oktabr kuni sodir bo'ladi. Oy Yer soyasining shimoliy qismidan o'tadi. Oy tutilishi tun bo'lgan joylarda ko'rinadi. Bu hodisani Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir qismi, Tinch, Atlantika, Hind okeanlari, Arktika va Antarktidadan ham kuzatish mumkin. Rossiya va MDH mamlakatlari aholisi (eng sharqiy mintaqalar bundan mustasno) tutilishning barcha bosqichlarini ko'rish imkoniyatiga ega.

Quyosh va Oy tutilishi har olti oyda bir marta sodir bo'ladi, ular orasidagi vaqt oralig'i ikki hafta. Bunday paytlarda Quyosh, Yer va Oy bir chiziqqa tiziladi. Quyosh tutilishida Oy o'rtada, Oy tutilishida esa Yer o'rtada bo'ladi.

Manba: Uzreport.news

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News