
- 0
- 04.09.2025 09:46:00
- 1 daq o'qish
Pekinda bo‘lib o‘tgan harbiy parad vaqtida Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning norasmiy suhbati kameraga tushib qoldi. Kadrda Si Szinpin odam umrini uzaytirish masalasida hazillashib, “Bu asrda odamlar 150 yoshgacha yashashi mumkin”, deya fikr bildirgan. Putin va Kim Chen In uning gaplarini e’tibor bilan tinglagan. Mazkur suhbat Bloomberg tomonidan e’lon qilinib, jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.