
- 1
- 03.08.2026 11:01:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Chilonzor tumanida 98-yo‘nalishli avtobusda mast yo‘lovchi haydovchiga hujum qilib, avtobusning old oynasini sindirdi.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 1-avgust kuni sodir bo‘lgan. Muqaddam sudlangan 43 yoshli erkak mast holda avtobusda jamoat tartibini buzib, haydovchi bilan janjallashgan. Haydovchi uni avtobusdan tushirayotgan vaqtda erkak old oynaga musht urib sindirgan, so‘ng haydovchining yuz va bo‘yin qismiga bir necha marta zarba bergan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.