
- 4
- 04.01.2025 16:55:00
- 1 daq o'qish
3-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi saflarida xizmat o‘tayotgan askar besh kishini pichoqladi. 2005-yilda tug‘ilgan askar harbiy qismdan chiqib, mast holatda eshigi ochiq turgan xonadonga kirgan va sababsiz xonadondagi 5 kishini pichoqlagan. Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.