G‘azodagi gumanitar yordam unlaridan narkotik modda topildi

G‘azodagi gumanitar yordam unlaridan narkotik modda topildi
  • 1
  • 02.07.2025 12:29:00
  • 1 daq o'qish

 

G‘azo hukumati AQSH va Isroil ko‘magida tashkil etilgan gumanitar yordam markazlarida tarqatilgan un xaltalaridan oksikodon turidagi narkotik modda saqlovchi tabletkalar aniqlangani haqida xabar berdi. Bu haqda Quds News Network ma’lum qildi.
Hukumat bu holatni "fuqarolar salomatligi va jamiyatga qarshi qaratilgan jirkanch jinoyat" deb atab, Isroilni gumanitar yordam niqobi ostida giyohvandlikni yoyishda ayblamoqda.
G‘azo hukumati fuqarolardan yordam mahsulotlarini sinchiklab tekshirishni, har qanday shubhali holat haqida zudlik bilan xabar berishni so‘radi. Ota-onalarga esa bolalarni bu kabi markazlardan uzoqroq tutish tavsiya etildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27-maydan 25-iyungacha ushbu markazlar atrofida 549 falastinlik halok bo‘lgan, 4066 kishi jarohat olgan. G‘azo hukumati bu markazlar faoliyatini to‘xtatishga chaqirmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News