
- 0
- 01.06.2026 18:06:00
- 1 daq o'qish
Chilida harbiy-dengiz floti kinologlari bitiruv marosimida qiziqarli holat yuz berdi. Narkotik moddalarni aniqlashga o‘rgatilgan xizmat iti kutilmaganda vitse-admiralning shim cho‘ntagidan mahkam tishlab oldi. Video tarqalganidan so‘ng, Chili harbiy-dengiz floti itning bu harakatiga izoh berdi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, hodisa itning yoshligi, fe’l-atvori va marosim paytidagi yuqori hayajoni bilan bog‘liq bo‘lib, unda boshqa ma’no yo‘q.